194
Internet xizmatlarini cheklash O‘zbekiston iqtisodiyotiga 220 mln dollar zarar keltirdi
2022 yilda O‘zbekiston internet xizmatlaridan foydalanishni cheklashdan 219,7 million dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda Top10VPN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu zarar miqdori bo‘yicha mamlakat dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi cheklovlarning umumiy muddati 5 630 soat yoki 234 kundan ortiqni tashkil qilgan. Hammasi bo‘lib, ular 1,28 million kishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Ushbu reytingda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi, uning iqtisodiyoti cheklovlar tufayli 21,6 milliard dollar yo‘qotgan.O‘tgan yil davomida Roskomnadzor bir qator yirik xorijiy ijtimoiy tarmoqlar: Facebook va Instagram, Twitter va boshqa xizmatlarni bloklagan.
Ikkinchi o‘rinda Eron (773 million dollar), uchinchi o‘rinda Qozog‘iston (410 million dollar) va to‘rtinchi o‘rinda Myanma (241,4 million dollar) joylashgan.
2021 yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter'ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok'dan foydalanish rasman cheklandi. 2022 yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok'ni butunlay bloklash taklif qilingandi.
2022 yilning 16 mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshlagan. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklangandi.
Avvalroq — 2022 yil 25 mart kuni Skype O‘zbekistonda erkin ochila boshlagan edi. U ham TikTok va Twitter kabi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi