
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yeksportini bosqichma-bosqich qayta tiklamoqda. Bu haqda «O‘ztransgaz» kompaniyasi manbasiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yil 21 yanvardan Turkmaniston tomoni texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan eksporti to‘xtatib qo‘yilgan gazni yetkazib berishni tiklamoqda. Turkmaniston kuniga 4,8 mln kub metr hajmi bilan qayta tiklagan.
«O‘ztransgaz» ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 12,6 mln kub metrgacha oshirilgan.
«Gaz yetkazib berishning kunlik hajmi bosqichma-bosqich 16 mln kub metrga yetkaziladi. Sovuq kunlar boshlanguncha aynan shuncha miqdorda gaz yetkazib berilar edi», – deya qayd etdi kompaniya. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar