18:03 / 25.01.2023
420

2023 yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi

2023 yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishini ta’kidladi.

Jumladan, 2023 yilda:
- tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi;
- dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 million so‘m);
- avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);
- yangi kreditlar olgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;
- kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.

2023 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion so‘m). Prezident yaqinda imzolagan qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikka qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2023 yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi