Banklar tomonidan 2022 yil davomida 203 trln so‘m miqdorida yoki o‘tgan yilga nisbatan 22 foiz ortiq kreditlar ajratilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur kreditlarning 68 foizi (137,8 trln so‘m) korporativ va 32 foizi (65,3 trln so‘m) aholiga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, ajratilgan kreditlarning 31 foizi qisqa muddatli va 69 foizi uzoq muddatli, valyutalar qirqimida esa 65 foiz kreditlar milliy valyutada va 35 foiz xorijiy valyutadagi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kredit portfelining 2022 yilda o‘sishi milliy valyutada 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, xorijiy valyutadagi kredit portfeli 14 foizga o‘sgan.
Aholiga ajratilgan kreditlar tarkibida avtokreditlar 10,9 trln so‘mga (2021 yilga nisbatan 2 barobarga), ipoteka kreditlari 10,6 trln so‘m (30 foizga) va mikroqarzlar 6,2 trln so‘mga (1,7 barobarga) o‘sgan.
Mazkur davrda tijorat banklari tomonidan 136 trln so‘mlik kreditlar so‘ndirilgan bo‘lib, qaytuvchanlik darajasi 67 foizni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...