355
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda ishga tushirilgan sanoat korxonalarini borib ko‘rdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 27 ta loyiha amalga oshirilib, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Oxirgi yillarda uning faoliyati takomillashtirilib, biznesga qulaylik kengaytirildi. Hozir bu yerda ko‘p turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ular qatoriga 2022 yil oktabrda Iruskon qandolat korxonasi qo‘shildi.
Davlat rahbari uning ish jarayonini, mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Korxonada Rossiya, Turkiya, Germaniya va Italiya tajribasi asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Yillik quvvati 12 ming tonna. 100 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan. Kelgusi yil ikkinchi bosqich uchun Germaniya va Turkiyadan yana 5 million dollarlik uskunalar olib kelish rejalashtirilgan. Buning natijasida yana 550 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Iqtisodiy zonadagi yana bir korxona - Master Building Products mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 3 million dona quvur va fiting mahsulotlari, qurilish materiallari tayyorlanadi. 600 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Davlat rahbari ushbu mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Global Optical Communication O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda yiliga 85 ming kilometrlik optik tolali kabel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 115 kishi mehnat qilmoqda.
Prezident korxonalarda mahalliylashtirish darajasini oshirib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida yana 14 loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 5 tasi joriy yilda ishga tushiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi