23:43 / 10.02.2023
257

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida uchta yangi korxonani ishga tushirdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida uchta yangi korxonani ishga tushirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jizzaxdagi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev viloyat jamoatchiligi vakillari, nuroniylar va yoshlar bilan muloqot bo‘ldi. Ular yurtimizdagi yangilanishlar, yaratilayotgan sharoitlar samarasi haqida o‘z hayoti va faoliyatidagi muvaffaqiyatlar misolida so‘zlab berdi. Prezident ularning taklif va tashabbuslarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish so‘ngida yana bir muhim voqea — 3 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular — Forish tumanidagi «Eco Basalt Group», Jizzax sanoat zonasidagi «Mono Electric» va «Super medical elements» shirkatlaridir.

Birinchi korxona bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. «Mono Electric»da 1 ming 500 turdagi elektr texnika mahsulotlari, «Super medical elements»da 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalar hisobiga, 700 dan ortiq aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega bo‘ladi.

Marosimda videoaloqa orqali korxonalar vakillari bilan muloqot qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Shuning bilan Jizzax viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida uchta yangi korxonani ishga tushirdi