Soliq qo‘mitasi prezident farmoniga muvofiq 2023 yil 1 oktabrga qadar tajriba tariqasida QQS to‘lash bo‘yicha soliq uzilishi aniqlanganda soliq nazorati tadbirlari amalga oshirishi mumkinligini ma’lum qildi.
QQS bilvosita soliq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun uning neytralligi hisob-kitob mexanizmi orqali ta’minlanishi sababli, tovar (xizmat)lar realizatsiyasining har bir bosqichida soliq budjetga to‘lanishi zarur. Shuni amalga oshirish maqsadida intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashning oldini olish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.
Qo‘mita matbuot xizmatining qayd etilishicha, bu Yevropa va MDH davlatlarida keng qo‘llaniladigan butunjahon amaliyotdir. Ushbu mamlakatlarning soliq ma’murchiligida tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirida QQS uzilishlari aniqlanganida, soliqni asossiz qoplashda nafga ega bo‘layotgan benefitsiarlarni aniqlash uchun bunday yetkazib berish jarayonlarida ishtirok etgan barcha shaxslarga nisbatan qat’iy soliq nazorati tadbirlari o‘tkaziladi.
Tajriba doirasida o‘tkaziladigan soliq nazorati choralari ommaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.
Biroq soxta tadbirkor — soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni budjetga to‘lamaslik shart-sharoitlarining yaratilishi tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirining barcha ishtirokchilarini, hatto ular bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli tadbirkorlarni, soliq huquqbuzarligi sodir etlishi mumkin bo‘lgan xavf guruhiga kirib qolishiga olib kelmoqda.
Shu sababli soliq organlarining vazifasi haqiqiy benefitsiarlar hamda ularga aloqador shaxslarni va noqonuniy qoplangan soliqlarni aniqlashdan iborat.
Bugungi kunda Soliq qo‘mitasining soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish tajribasi qo‘shilgan qiymatni yaratish va o‘tkazish, shuningdek, QQSni budjetga to‘lash zanjirining to‘liq xaritasini shakllantirish imkonini beradi.
Ushbu imkoniyatdan kelib chiqib, soliq uzilishi ko‘rsatkichini qo‘llash faqat soliqdan qochishning agressiv usullariga murojaat qiladigan intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan amalga oshiriladi.
“Ta’kidlash joizki, manzilli ishlar firibgarlik sxemalardan foydalangan holda asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish zarurligi ishbilarmon doiralar va professional jamoatchilik vakillari tomonidan ham bildirilgan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Ushbu tajriba keng jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda o‘tkaziladi va uning natijalari, jumladan, dastlabkilari OAVda yoritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi