
Foto: Energetika vazirligi
Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qashkadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha CEEC Energy China kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadi.
Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalari 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024 yildan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar