10:10 / 19.04.2023
203

Ukraina 2023 yil yanvarida O‘zbekistonga eng ko‘p olma yetkazib berdi

Ukraina 2023 yil yanvarida O‘zbekistonga eng ko‘p olma yetkazib berdi
2023 yil yanvar oyida Rossiya bilan urush, murakkab va qimmat logistika hamda ukrainalik bog‘bonlar duch keladigan ko‘plab qiyinchiliklarga qaramay, Ukraina O‘zbekiston bozoriga eng yirik olma yetkazib beruvchi bo‘ldi. Bu haqda EastFruit'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
 
2023 yil yanvar oyida Ukrainadan O‘zbekistonga olma eksporti 360 tonnaga yetdi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi hali boshlanmagan 2022 yilning o‘sha oyidagi yetkazib berish hajmidan 24 foizga oshdi.
 
Ukraina olmasi yanvar oyida Eron, Moldova va Turkiya olmasini O‘zbekiston bozoridan siqib chiqardi. Ushbu mamlakatlardan O‘zbekistonga yangi olma yetkazib berish mos ravishda 32 barobar, 3 barobar va 4 barobarga kamaydi.
 
Polsha yanvar oyida O‘zbekistonga olma yetkazib berish bo‘yicha Ukrainaga deyarli yetib oldi. Ikki mamlakat orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, Polsha bir oyda 351 tonna olma eksport qilgan.
 
Ulgurji narxlar monitoringi shuni ko‘rsatadiki, 2023 yil yanvar oyida Ukraina va Polshada yangi Golden Delicious olmalarining ulgurji narxlari O‘zbekistondagidan past bo‘lgan.
 
Shu bilan birga, Moldovada narxlar Ukraina va Polshaga qaraganda biroz yuqoriroq edi. 2023 yil fevral oyida O‘zbekistonda olma narxi o‘sishda davom etdi, biroq Ukraina va Polshada barqarorligicha qoldi va bu O‘zbekistonga eksportni yanada foydaliroq qildi.
 
2022 yil dekabr oyida Ukraina O‘zbekistonga 274 tonna yangi olma eksport qilgan bo‘lsa, noyabr oyida — O‘zbekiston bozorida mahalliy arzon olma hali ko‘p bo‘lgan paytda bu ko‘rsatkich 39 tonnani tashkil etgan edi.
 
O‘tgan yili Ukraina olmasining O‘zbekistonga eksporti fevral—aprel oylarida eng yuqori cho‘qqiga chiqqandi, o‘shanda uch oy ichida Markaziy Osiyoning ushbu davlatiga bir yarim ming tonnadan ortiq yangi Ukraina olmasi kirib kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ukraina 2023 yil yanvarida O‘zbekistonga eng ko‘p olma yetkazib berdi