10:30 / 14.06.2023
111

5 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar ochildi?

5 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar ochildi?
5 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
 
2023 yilning yanvar-may oylarida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 279 taga yetgan.
 
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlatlar kesimida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchi – 376 ta.
 
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
— Xitoy – 245 ta; 
— Turkiya – 121 ta;
— Qozog‘iston – 78 ta;
— Janubiy Koreya – 51 ta;
— Tojikiston – 31 ta;
— Qirg‘iziston – 24 ta;
—Turkmaniston – 22 ta;
— Ozarboyjon – 22 ta;
— AQSH – 18 ta;
— Germaniya – 14 ta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 5 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar ochildi?