
Foto: Uzbekistan Airways
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida LЕT Aircraft Industries konsernining LЕT L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Xabarga ko‘ra, 15 iyun kuni Uzbekistan Airways bosh ofisida kichik guruh yo‘lovchilarini tashish uchun ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Chexiyaning LЕT Aircraft Industries konsernining LЕT L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklarida qo‘llash va respublika ichidagi Zarafshon va Shahrisabz, Andijon shaharlari kabi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan.