11:59 / 05.07.2023
37

O‘zbekistonda tadbirkorlarning eksport faoliyati qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekistonda tadbirkorlarning eksport faoliyati qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 4 iyul kungi majlisida valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasi bilan, tadbirkorlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan mablag‘larning 5 foizigacha bo‘lgan qismi uchun jarima qo‘llamaslik taklif qilinmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tadbirkorlar uchun katta rag‘bat va imkoniyat bo‘lib, ushbu loyihaning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirgan. Loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha asosli savollar ko‘tarilgan va ularga batafsil javoblar olingan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.

Prezident tomonidan 12 iyun kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘istonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatilishi ma’lum bo‘lgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda tadbirkorlarning eksport faoliyati qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi