Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank o‘rtasida Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali budjet to‘lovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Bunda, tushumlar, soliq daromadlari va aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga oshirilishi dam olish va bayram kunlari, tong yoki tun bo‘lishidan qat’i nazar 24/7 rejimda onlayn ta’minlanadi.
Bu esa o‘z navbatida, aholi tomonidan to‘langan to‘lovlarni tegishli budjet tashkilotlarida o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Misol uchun, shanba yoki bank ish kuni soat 17:00 dan so‘ng to‘langan kontrakt to‘lovlari ham tegishli universitet shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilinishi ta’minlanadi.
Shu bilan birga, budjet to‘lovlari ham shu tartibda amalga oshiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring