23:16 / 25.09.2023
197

O‘zbekiston Rossiyadan gaz import qilishga tayyorligini ma’lum qildi

O‘zbekiston Rossiyadan gaz import qilishga tayyorligini ma’lum qildi

1 oktyabrdan Rossiya tabiiy gazini import qilish uchun O‘zbekistonda infratuzilma tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.

Biz 1 oktyabrdan Rossiya gazini qabul qilishga tayyormiz. Gaz quvurlarimiz yuqori bosimdagi gazni qabul qilish uchun moslashtirilgan”, - deya ma’lum qilgan Energetika vazirligi vakili mamlakatda Rossiya gazini import qilish uchun infratuzilma tayyormi degan savolga javob berayotib.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1 oktyabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Rossiyadan gaz import qilishga tayyorligini ma’lum qildi