21:16 / 01.11.2023
153

O‘zbekistonni Yevropaga olib chiqadigan transport koridori barpo etiladi

O‘zbekistonni Yevropaga olib chiqadigan transport koridori barpo etiladi

1 noyabr kuni Toshkentda SHHTga a’zo davlatlarning birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar transport vazirlari, vazir o‘rinbosarlari, temir yo‘l rahbarlari, transport-logistika korxonalari vakillari ishtirok etib, sohadagi dolzarb muammolar, samarali xalqaro transport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov bu xalqaro tadbirning ahamiyati va uning doirasida imzolangan memorandumlar haqida gapirib berdi.

Ta’kidlanishicha, SHHTning birinchi transport forumini o‘tkazish tashabbusi 2022 yil sentyabr oyida Samarqand sammitida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan.

Xabaringiz bor, transport sohasida xarajatlar yuqori. Sababi O‘zbekiston dunyoda ochiq dengizga chiqa olmagan mamlakatlardan biri. Prezidentimizning ham tashabbuslari birinchi navbatda qo‘shni davlatlar bilan [hamkorlik qilib] Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib ishlash, o‘zimizning mahsulotlarimizni yetkazishda barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Bugungi tadbir ham bu narsaning bir namunasi”, – deydi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonga qulay bo‘lgan yo‘nalishlarning imkoniyatlaridan foydalanishda xalqaro transport koridorlari qo‘l keladi. Forum davomida qo‘shni davlatlar, u yerdan Kasbiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya hamda Turkiya orqali Yevropaga olib chiqadigan xalqaro transport koridorini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu jarayonda tashuvlar uchun O‘zbekistonga 70 foizli chegirma berilishi kutilmoqda.

Umumiy hisoblanganda SHHT davlatlarining birinchi transport forumida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston transport vazirliklari o‘rtasida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport yo‘lagini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha, Rossiya, Qirg‘iziston bilan esa “Rossiya – Kaspiy dengizi – Turkmaniston – O‘zbekiston – Qirg‘iziston” xalqaro multimodal transport koridorini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Umumiy hisobda jami 3 ta anglashuv memorandumiga qo‘l qo‘yildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston transport vazirligi boshchiligida SHHT transport vazirlari forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-3 noyabr kunlari Toshkent shahrida transport-logistika masalalari yuzasidan muhim tadbirlar bo‘lib o‘tadi. SHHT Birinchi transport forumidan keyin, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi, II xalqaro aviatsiya forumi o‘tishi reja qilingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonni Yevropaga olib chiqadigan transport koridori barpo etiladi