O‘tgan 2023 yilda Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari tomonidan 6 trln. 374,5 mlrd. so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 413,8 mlrd. so‘m ortig‘i bilan bajarildi.
Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 5 trln. 791,3 mlrd. so‘m yoki 91 foizi yuridik shaxslar, 583,1 mlrd. so‘m yoki 9 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
- 1 trln 794,3 mlrd. so‘m yoki 28,1 foizini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
- 1 597,9 mlrd. so‘m yoki 25,0 foizini qo‘shilgan qiymat solig‘i;
- 431,3 mlrd. so‘m yoki 6,7 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;
- 439,9 mlrd. so‘m yoki 6,9 foizini aksiz solig‘i;
- 2 111,0 mlrd. so‘m yoki 33,1 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar