Prezident Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi

Prezident Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025 yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalashtirilayotgani haqida avvalroq Energetika vazirligi xabar bergandi.

Vazirlik Ai-80 benzini ko‘p mamlakatlarda taqiqlanganini, hatto neft mahsulotlarini to‘liq import qiladigan Qirg‘iziston va Tojikistonda ham allaqachon iste’moldan olinganini, hozircha mintaqada faqat O‘zbekiston va Afg‘onistonda Ai-80 benzinidan foydalanish davom etayotganini bildirgandi.

2025 yilga borib Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 ishlab chiqarilishi to‘xtatilsa, 2026 yilga borib Buxoro neftni qayta ishlash zavodi to‘lig‘icha sifatliroq yonilg‘i ishlab chiqarishga o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar