10:58 / 27.02.2024
109

Talabalarga uy ijaraga berganlar 44 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘ldi

Talabalarga uy ijaraga berganlar 44 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘ldi
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijarasini qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish — tomonlarning huquq va majburiyatlari kafolati. Soliq organlarida ro‘yxatga olingan mol-mulk ijara shartnomalari va ular bo‘yicha soliqlarni to‘lash mulkdorga uy-joyni rasman ijaraga berish va daromad olish, ijaraga oluvchiga esa undan qonuniy foydalanish imkonini beradi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish “E-ijara” xizmati orqali amalga oshiriladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidan olingan axborotlarga ko‘ra, 2023 yilda:
  • yuridik shaxslar o‘rtasida 145 mingga yaqin ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 5,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 milliard so‘m;
  • jismoniy shaxslar o‘rtasida 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 3,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 milliard so‘m.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 44,4 milliard so‘m imtiyoz qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Talabalarga uy ijaraga berganlar 44 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘ldi