21:05 / 28.02.2024
264

Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi

Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi
Foto: CBC
Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon savdo tashkilotining konferensiyasi doirasida Isroil tomonidan O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish so‘rovini ratifikatsiya qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuvda imzoladi.

Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash Isroil kompaniyalari uchun katta imkoniyatdir”, — deydi Barkat.
JSTga a’zo bo‘lish uchun barcha a’zo davlatlarning roziligi kerak, O‘zbekiston esa 160 ta davlatning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashi kerak.

Jahon savdo tashkiloti 1995 yil 1 yanvarda xalqaro savdoni erkinlashtirish va a’zo davlatlarning savdo-siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tuzilgan integratsion tashkilotdir. Unga a’zo bo‘lish jarayoni bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, a’zolik bo‘yicha muzokaralar, JST qoidalariga rioya qilish uchun tegishli iqtisodiy va qonunchilik choralarini qabul qilish va nihoyat, JST a’zolarining roziligini tasdiqlash.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 19 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

2024 yil fevralda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Uning doirasida Respublikadagi 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Isroil O‘zbekistonning JSTga a’zoligini ratifikatsiya qildi