168
O‘zbekistonda yiliga 2 mln quyon yetishtiriladigan quyonchilik majmuasi ishga tushirildi
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya chorvadorlari uyushmasi (AIA) bosh direktori Mauro Donda va Italiya milliy quyonchilik uyushmasi (ANCI) prezidenti Serjo Pompa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ushbu uyushmalar mamlakat idoralari va tadbirkorlari bilan bir necha yildan beri olib borayotgan hamkorligi natijasida erishilgan katta yutuq – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida barpo etilgan quyonchilik majmuasi faoliyati muhokama qilindi.
Italiya texnologiyalari asosida barpo etilgan quyonchilik majmuasi yiliga 2 million quyon yetishtirish, 2 ming tonna quyon go‘shti, quyonlar uchun 80 ming tonna to‘liq ratsionli omuxta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jarayonlar chiqindisiz uslubda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 36 ming tonna tabiiy o‘g‘it ham ishlab chiqariladi, quyon terilari esa qayta ishlashga yo‘naltiriladi.
Mamlakatda yaratilgan korxonaning asosiy afzalligi – bu yerga Italiya tomonidan eng yuqori sifatli genetik material va naslli quyon urg‘ochilari yetkazib berilgan. Natijada korxona naslli quyonlar avlodini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Italiya milliy quyonchilik uyushmasi mutaxassislari korxona bilan yaqindan hamkorlik qilib, barcha jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib boradi. Buning natijasida hayvonlar sog‘ligi, berilayotgan yem tarkibi, qo‘llanishi lozim bo‘lgan dorivorlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Hozirda korxona quyon go‘shtini qo‘shni bozorlarga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda va yangi salohiyatli importchi mamlakatlar bilan muzokara olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi