18:42 / 30.12.2024
98

2025 yil uchun jismoniy shaxslarning mulk va er soligʻi chegaralari belgilandi

2025 yil uchun jismoniy shaxslarning mulk va er soligʻi chegaralari belgilandi
«2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi prezident qaroriga koʻra, 2025 yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk ob'ektlariga, shuningdek, ular egallab turgan er uchastkalariga nisbatan:

- 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024 yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

- jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan erlar uchun er soligʻi summasi 2024 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

2025 yil 1 iyulgacha tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan ichimliklar roʻyxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025–2027 yillar uchun byudjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot