date
views 317

Oʻzbekneftgaz: 1 yanvardan neft mahsulotlarining barcha turi erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi

Oʻzbekneftgaz: 1 yanvardan neft mahsulotlarining barcha turi erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi
2025 yil 1 yanvardan e'tiboran «Buxoro NQIZ» MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neft mahsulotlari, shu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» kompaniyasi axborot xizmati ma'lum qildi.

«Bugun mamlakatimiz tovarlar va xizmatlar bozorida samarali raqobat muhitini paydo qilish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi unsurlarini tugatish, xoʻjalik yurituvchi barcha sub'ektlarning moddiy-texnika resurslar bilan ta'minlanishida teng shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda», – deyiladi kompaniya xabarida.

Ta'kidlanishicha, Respublika aholisining avtobenzinga boʻlgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan boʻlib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekneftgaz: 1 yanvardan neft mahsulotlarining barcha turi erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi