Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1018-son, 13.01.2025 y.) bilan «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.
«Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub'ektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Shuningdek, sugʻurta qildiruvchilar majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bunda sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sayyor tekshiruv oʻtkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
Oʻzbekistonda dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashmoqda
Oʻzbekiston 11 oyda xorijga 200 ming tonnadan ortiq uzum sotdi
Xitoydagi elektromobillar bumidan neft bozori qanday oʻzgarmoqda?
Oʻzbekistonning oltin zahiralari: yangilangan reyting
Pensiya miqdorini koʻproq qilish uchun tavsiyalar berildi