Markaziy bank 2025 yil 1 yanvar holatiga koʻra mamlakatning tijorat banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) hajmi 21 trln 185 mlrd soʻmga etganini ma'lum qildi.
Oʻzbekistonda tijorat banklarining kredit portfeli 2024 yili 533,1 trln soʻmni tashkil qildi.
Davlat banklarida holat qanday?
Davlat banklarida muammoli kreditlar hajmi 14 trln 344 mlrd soʻmni tashkil etmoqda. “Xalq banki” muammoli kreditlarini yil boshiga nisbatan 601 mlrd soʻmga, portfeldagi ulushini 7,6 foizdan 4,2 foizga kamaytirgan.
“Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish bank”larida ham NPL bir oz kamaygan.
“Agrobank” (+832 mlrd soʻm), “Oʻzsanoatqurilishbank” (+561 mlrd soʻm) va “Oʻzmilliybank” (+177 mlrd soʻm)larda NPL miqdori boshqa davlat banklariga qaraganda jadalroq oʻsgan.
Boshqa banklardagi vaziyat
1 yanvar holatiga boshqa banklarda muammoli kreditlar hajmi 6 trln 841 mlrd soʻmni tashkil etadi.
2024 yil davomida NPL'ning keskin oshishi “Ipoteka bank” (+1 trln 844 mlrd soʻm) hamda “Kapitalbank” (+1 trln 61 mlrd soʻm)da kuzatildi.
“Hamkorbank” (+219 mlrd soʻm), “Anorbank” (+104 mlrd), “Davr bank” (+102 mlrd soʻm), “Trastbank” (+95 mlrd soʻm) va “TBC Bank” (+87 mlrd soʻm) larda muammoli kreditlar sezilarli oshgan.
Foto: Markaziy bank ma'lumotlari
2024 yil 1 avgust holatiga koʻra, mamlakatning tijorat banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) hajmi 20,82 trillion soʻmni (1,64 milliard dollar) tashkil etgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar