Xitoy strategik minerallar eksportiga cheklovlar kiritdi. Xitoy AQShning yangi tariflariga javoban, mudofaa, toza energiya va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan besh xil metall eksportiga keng qamrovli cheklovlar joriy qildi. Bu qadam Xitoyning muhim minerallar qazib olish va qayta ishlashdagi ustunligini qoʻllashga boʻlgan navbatdagi urinishi sifatida baholanmoqda.
Xitoy tomonidan cheklovga uchragan minerallar:
Batareya, litiy va galliyni qayta ishlash texnologiyasi
Xitoy ilgʻor batareya komponentlari va muhim minerallar – litiy hamda galliyni qayta ishlash boʻyicha ayrim texnologiyalar eksportini cheklashni taklif qilgan. Bu oʻzgarishlar hali toʻliq kuchga kirmagan.
Surma, galliy, germaniya
AQSh Xitoy chip sanoatiga bosimni oshirganidan soʻng, Pekin ushbu uchta mineralni AQShga eksport qilishni taqiqladi. Biroq, soʻnggi 18 oy ichida Xitoy bu metallarni eksport qilish uchun litsenziya tizimini joriy etgan edi.
Noyob er magnit texnologiyasi
2023-yil dekabr oyida Xitoy noyob er magnitlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eksport qilishni taqiqladi. Bu metallar elektr avtomobillari, shamol turbinalari va elektronika uchun muhim hisoblanadi. Xitoy global tozalangan mahsulotning deyarli 90% ini ishlab chiqaradi.
Grafit
2023-yil oktyabr oyida Xitoy ayrim grafit mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsatnoma talab qildi. Xitoy jahondagi etakchi grafit ishlab chiqaruvchi va uni elektr avtomobil batareyalarida ishlatiladigan materialga aylantirish boʻyicha 90% ulushga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar