![Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasida katta oʻsish kuzatildi](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-07_10-42-08-5sqafkfm.webp)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta'lim va tibbiyot sohalarida sezilarli rivojlanish kuzatildi. Bu haqda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida ma'lum qilindi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, davlat rahbari uch yil avval qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish dasturi oʻz natijasini berayotganini ta'kidladi. Natijada qoʻshimcha 1,5 million kishi servis sohasida doimiy daromad manbaiga ega boʻldi, xizmatlar hajmi esa 2018 yildagi 19 milliard dollardan 65 milliard dollarga etdi (oʻsish – 3,5 barobar).
Aholi daromadining ikki barobar oshishi sababli yangi xizmatlarga boʻlgan talab ham ortayotgani qayd etildi. Shu bois vazirlar va hokimlar xizmat koʻrsatish sohasini talabga mos ravishda rivojlantirishi lozimligi ta'kidlandi.
![](/uploads/posts/2025-02/photo_2025-02-07_10-45-42-sq-akfnu.webp)
Biroq, hududlar oʻrtasida xizmat koʻrsatish darajasidagi tafovutlar hamon saqlanib qolayotgani qayd etildi. Masalan:
- Nukus tumanida xizmatlar hajmi 363 milliard soʻmga etib, 22 foizga oʻsgan.
- Guliston tumanida esa aholi ikki baravar koʻp boʻlsa-da, xizmatlar hajmi Nukusdan 30 milliard soʻmga kam.
- Namangan shahrida jon boshiga toʻgʻri keladigan xizmatlar hajmi 13 million soʻmga ham etmagan (Jizzax shahrida – 33 million soʻm).
Bu holat hali ham “xufiyona iqtisodiyot” mavjudligidan dalolat berishi ta'kidlandi. Shuningdek, ayrim hududlarda muayyan xizmatlar hajmining pastligi tanqid qilindi:
- Nishon, Yangiqoʻrgʻon va Narpay tumanlarida IT xizmatlari rivojlanishdan orqada.
- Samarqand, Yangiyer, Mirzaobod va Mirzachoʻlda moliyaviy xizmatlar hajmi kamaygan.
- Qarshi, Jomboy, Urgut, Urganch, Uchtepa tumanlarida savdo hajmi oʻsmayapti.
- Fargʻonaning 7 ta tumanida tibbiy xizmatlar hajmi qisqargan.
Barcha vazirlar va hokimlar xizmat turlarini koʻpaytirish ustida izlanish olib borishi zarurligi ta'kidlandi.
Yigʻilishda, 2025 yilga qadar xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga etkazish, shuningdek, sohada 2,5 million kishini daromad bilan ta'minlash kabi maqsadlar belgilangani ma'lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar