Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.
Misol uchun, oʻtgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan boʻlsa, davlat banklarida bor-yoʻgʻi 13 foizga oshgan.
Banklar joriy yilda masofaviy xizmat koʻrsatishni kamida 30 foizga oʻstirishi muhimligi ta'kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qoʻyilgan mulkni notariusga borib, taqiq qoʻyish amaliyoti bekor boʻladi.
Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar