
"Oʻzbekiston 2025 yilda 43 milliard AQSh dollar sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda" sarlavhali maqolada 2024 yildagi investitsiyaviy faoliyat yakunlari va prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil uchun belgilab berilgan dolzarb vazifalar haqida soʻz yuritilgan.
"2017 yildan buyon mamlakat iqtisodiyotiga 188 milliard AQSh dollari investitsiya kiritilgan. Shundan 87 milliard AQSh dollari chetdan jalb qilingan. Natijada investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 30 foizdan oshib, barqaror iqtisodiy oʻsishga zamin boʻlmoqda", – deb ta'kidlangan maqolada.
Hind jurnalisti Oʻzbekistonda 2024 yil iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 baravar koʻpayib, 36 milliard AQSh dollaridan oshganiga e'tibor qaratgan. Natijada yil davomida 560 ta yirik va oʻrta loyiha ishga tushirilgan. 2025 yilda eksportni yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish imkoniyati yaratilgan.
"Oʻzbekiston 2025 yilda 43 milliard AQSh dollarlik investitsiya hajmini oʻzlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali 300 dan ortiq yirik loyiha bajarilishi, import oʻrnini bosuvchi 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda", – deb qayd etadi Business Central Asia.
Nashr, shuningdek, Oʻzbekiston 2030 yilga borib yillik eksport hajmini ikki baravar oshirib, uning miqdorini 45 milliard AQSh dollariga etkazishdek muhim strategik maqsadni koʻzlayotgani haqida yozgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar