O'zbekistonda oltin narxi yangi rekordga erishdi

O'zbekistonda oltin narxi yangi rekordga erishdi
28 mart kuni O'zbekistonda o'lchovli oltin slitkalarining narxi tarixiy maksimumga yetib, bir gramm uchun 1 306 650 so'mni tashkil qildi, deb xabar beradi Podrobno.uz.

Bu ko'rsatkich avvalgi kunga nisbatan 0,99% ga o'sgan. Besh grammli oltin slitkasining bahosi esa 6,533 million so'mga etdi. Joriy yil boshidan beri oltin slitkalari 15,4% ga qimmatlashgan bo'lsa, o'tgan yilga nisbatan bu o'sish qariyb 43% ni tashkil etdi.

Mazkur o'sish jahon bozorida oltin narxining 3100 dollargacha ko'tarilishi bilan bog'liq.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar