
Sun’iy intellekt shoxsupani bosib olmoqda! Amerikaning ilg‘or texnologiyalar lideri — OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi ma’lum qildi.
ChatGPT — endi soliq to‘lovchi!
Inspeksiya xabarida aytilishicha, mashhur ChatGPT chat-boti hamda DALL·E neyrotasvirlar generatori bilan butun dunyoda tanilgan OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
“Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Narxlarga ta’siri qanday bo‘ladi?
Ayni paytda OpenAI o‘zbekistonliklar uchun ChatGPT'ning uchta versiyasini taklif qilmoqda:
- Bepul
- Plus — oyiga $20
- Pro — oyiga $200
Kompaniyaning rasman soliq to‘lashni boshlashi narx siyosatiga ta’sir qilishi mumkin, biroq hozircha bu masalada rasmiy ma’lumot yo‘q. Ammo narxlarda o‘zgarish bo‘lsa, birinchi bo‘lib muxlislar biladi!
67-chi kompaniya
Shu bilan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalar soni 67 taga yetdi. Faqat 2025 yil boshidan beri 7 ta yirik kompaniya elektron xizmatlar sohasida rasmiy soliq to‘lovchisiga aylandi.
Nega bu muhim?
OpenAI'ning rasman ro‘yxatdan o‘tishi — mamlakatimizda raqamli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotganining yorqin isboti. Davlat internet-gigantlar bilan ochiq va qonuniy hamkorlik qilishga intilmoqda.
Yaqin kelajakda Google, Amazon va boshqa texnologik titanlarning ham shunday qadam tashlashi ehtimoldan xoli emas.
ChatGPT endi nafaqat savollarga javob beradi, balki O‘zbekistonda rasman soliq ham to‘laydi! Raqamli inqilobning navbatdagi bosqichi boshlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!