S&P 500 oxirgi 5 yildagi eng katta yo‘qotishda

S&P 500 oxirgi 5 yildagi eng katta yo‘qotishda
Xitoy mahsulotlariga AQSh bojlarining 145 foizga yetgani haqidagi xabarlar ortidan S&P 500 indeksi so‘nggi 5 yildagi eng katta pasayishni qayd etdi, deb interfax.ru xabar berdi. Payshanba kungi savdolarda AQSh fond indekslari keskin tushdi.

Dow Jones Industrial Average 5,06%, S&P 500 — 5,92%, Nasdaq Composite esa 6,8% ga tushdi. Savdo sessiyasi davomida S&P 500 6,1% pasayib, 2020 yil mart oyidan beri eng yirik kunlik yo‘qotishni ko‘rsatdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 9 aprel kuni Xitoyga nisbatan bojlarni 84 foizdan 125 foizgacha oshirdi, shuningdek, fentanil muammosi tufayli ilgari 20 foizlik boj ham joriy etilgan edi. Natijada umumiy boj stavkalari 145 foizga yetdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar