
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 maydan boshlab amal qiladigan yangi valyuta kurslarini jamoatchilikka taqdim etdi. E’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarning qiymatiga nisbatan biroz mustahkamlandi, yevro ham arzonlashdi, ammo rubl bugungi kun uchun o‘sish qayd etgan yagona valyuta bo‘ldi.
- AQSH dollari — 33,42 so‘mga arzonlashib, 12 904,51 so‘m etib belgilandi.
- Yevro — 89,50 so‘mga tushib, 14 575,64 so‘mni tashkil etdi.
- Rossiya rubli — 0,89 so‘mga ko‘tarilib, 161,99 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin dollar 45,02 so‘mga qimmatlashib, 12 937,93 so‘mga yetgan, yevro va rubl kurslari ham sezilarli darajada oshgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon milliy valyuta — so‘m AQSH dollariga nisbatan taxminan 4,7 foizga qadrsizlangan. Solishtirish uchun, 2023 yilda so‘m 9,7 foizga, 2022 yilda esa 3,94 foizga zaiflashgan.
Ekspertlar fikricha, valyuta kurslaridagi bunday o‘zgarishlar tashqi bozorlardagi dinamikaga, inflyatsiya darajasiga va mamlakat tashqi savdo balanslariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bois, valyuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Zamin.uz tahririyati bugungi va keyingi kunlardagi kurs o‘zgarishlarini siz aziz o‘quvchilarga tezkor va ishonchli yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar