
10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:55 da Bitkoin tarixi davomida birinchi marta 112 ming dollarlik belgiga yetdi. Bu 22 mayda qayd etilgan avvalgi eng yuqori bahodan ham oshib ketdi, deb Kursiv.media xabar bermoqda.

Qizig‘i shundaki, aprel oyi boshida AQSH prezidenti Donald Trampning bojxona to‘lovlari haqidagi bildiruvi jahon fond bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Hisobotlarga ko‘ra, aynan shu vaqtda Bitkoin bahosi 75 ming dollardan ham tushib ketdi. Bu ko‘rsatkich 2025 yildagi eng past daraja sifatida qayd etildi.
Biroq ushbu tanazzuldan so‘ng kriptovalyuta tez tiklanishni boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Bitkoin 46 foizdan ortiq o‘sishga erishib, yana trillionlar qatoridagi moliyaviy aktivga aylandi.
Hozirgi paytda Bitkoinning bozor qiymati 2,17 trillion dollardan oshgan. Bu esa uni Google'ning asosiy kompaniyasi bo‘lgan Alphabet aksiyalari qatorida dunyodagi beshta eng qimmat aktivlar ro‘yxatiga kiritdi.
Eng yirik to‘rtta aktiv esa shunday tartibda: Apple, Microsoft, NVIDIA va Amazon.
Bitkoinning bu kabi o‘sishi kriptobozorga bo‘lgan qiziqish va ishonchning ortib borayotganidan darak beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing