date

Walt Disney kinostudiyasi 2014 yilda eng ko‘p daromad topgan kinokompaniya bo‘ldi

Walt Disney kinostudiyasi 2014 yilda eng ko‘p daromad topgan kinokompaniya bo‘ldi

Walt Disney kinostudiyasi 2014 yilda 1,7 mlrd dollar sof foyda olgani haqida ma’lum qildi. Kinostudiya 2014 yilda eng ko‘p daromad topgan kinokompaniya bo‘ldi, deb xabar berdi The Hollywood Reporter.

Bunday natijaga erishishilishiga kompaniya tomonidan suratga olingan ikkita kino kartina: “Galaktika soqchilari” (prokatdan 774 mln dollar yig‘gan) hamda ishlab chiqarilishi uchun 150 mln dollar sarflanib, prokatda 1,274 mlrd dollar to‘plagan “Muz yurak” animasion filmining muvaffaqiyati sabab bo‘ldi.

Avvalgi yillarda eng muvaffaqiyatli Gollivud kinostudiyalari ichida birinchi o‘rinni Warner Brothers kompaniyasi egallab kelayotgan edi. 2014 yilda ushbu kompaniya 1,3 mlrd dollarlik sof foyda bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. 2-o‘rinni 1,5 mlrd dollar sof foyda olgan 20th Century Fox kompaniyasi egalladi.

4-o‘rinni NBC Universal (771 mln dollar), 5-o‘rinni Sony Pictures (552 mln dollar) hamda 6-o‘rinni Paramount Pictures (219 mln dollar) kinokompaniyalari egalladi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Walt Disney kinostudiyasi 2014 yilda eng ko‘p daromad topgan kinokompaniya bo‘ldi