ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI va boshqa yirik xorijiy IT-kompaniyalar 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi, deb Uz24.uz xabar berdi.
2025 yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 72 taga yetdi. 2024 yil boshida bu ko‘rsatkich 55 ta, 1-yanvarda esa 63 ta bo‘lgan.
Joriy yil birinchi yarmida xorijiy kompaniyalar ko‘rsatgan xizmatlar hajmi 656,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 43%ga ko‘p. 2024 yil shu davrda xizmat hajmi 460,0 milliard so‘m edi.
Davlat byudjetiga to‘langan soliqlar hajmi 78,2 milliard so‘mga (42%ga oshdi) yetdi. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 55,4 milliard so‘m edi.
Eng ko‘p soliq to‘lovchi kompaniyalar quyidagilar:
-
Meta (Facebook, Instagram va boshqalar): xizmat hajmi – 187,6 mlrd so‘m, soliq – 22,6 mlrd so‘m;
-
Apple: xizmat hajmi – 184,0 mlrd so‘m, soliq – 22,1 mlrd so‘m;
-
Google: xizmat hajmi – 166,2 mlrd so‘m, soliq – 19,4 mlrd so‘m.
OpenAI (ChatGPT ishlab chiquvchisi) xizmat hajmi 23,9 mlrd so‘m, soliq 2,88 mlrd so‘mni tashkil etdi.
TikTok – 15,4 mlrd so‘m xizmat, 1,83 mlrd so‘m soliq; Netflix – 7,1 mlrd so‘m xizmat, 896 mln so‘m soliq to‘ladi.
Yil boshidan 5 ta kompaniya ro‘yxatdan chiqarilgan, 14 ta yangi kompaniya qo‘shilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!