date

Davlat budjetiga 8 oyda 47,2 trln so‘m tushum o‘tkazildi – Bojxona qo‘mitasi

Davlat budjetiga 8 oyda 47,2 trln so‘m tushum o‘tkazildi – Bojxona qo‘mitasi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida davlat bojxona organlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasida brifing bo‘lib o‘tdi. Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi rahbari H.Tangriyev mazkur davr mobaynidagi muhim ko‘rsatkichlar bilan o‘rtoqlashdi.

Hisobot davrida chegara va bojxona postlari orqali 1,1 milliondan ortiq yuk avtotransport vositalari va yarim milliondan ziyod yuk vagonlari harakat qilgan. Shu bilan birga, yo‘lovchilar oqimi ham 41 million nafardan ortiq bo‘lgan. Bundan tashqari, 742 mingdan ziyod bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan.

Shu tarzda mamlakat byudjetiga 47,2 trillion so‘m bojxona to‘lovlari o‘tkazilib, reja 101,2 foizga bajarildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun 36,2 trln so‘mlik bojxona imtiyozlari tatbiq qilindi, 350 dan ortiq subyektga esa 3,7 trln so‘mlik to‘lovlarni kechiktirib amalga oshirish huquqi berildi.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash doirasida 27 mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlanib, 789 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar, jumladan valyuta qimmatliklari, zargarlik buyumlari va tamaki mahsulotlari musodara qilindi. Shuningdek, bojxonachilar 1,3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek, noqonuniy qurollar va patronlarni ham ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Davlat budjetiga 8 oyda 47,2 trln so‘m tushum o‘tkazildi – Bojxona qo‘mitasi