O‘zbekiston va Malayziya 5 milliard dollardan (taxminan 64,5 trln so‘m) ziyod qiymatdagi 40 dan ortiq qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb Kursiv.media xabar berdi.
Bernama agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari muhim rol o‘ynagan.
2024 yil may oyida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga 16 yillik tanaffusdan so‘ng tashrif buyurdi. 2025 yil fevral oyida esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yil ichida ilk bor Malayziyaga rasmiy tashrif amalga oshirdi.
Nashr qayd etishicha, mazkur tarixiy tashriflar va imzolangan kelishuvlar ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi.
Malayziya 1991 yilda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlatlardan biri bo‘lgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 21 yanvarda o‘rnatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!