
2025-yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekistonda jami 17 387 dona oltin quyma sotildi. Ularning umumiy og‘irligi 380 kgni tashkil qilgan. Bu haqda ma’lumot Markaziy bankda o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi.
Solishtirish uchun, 2024-yil yakuniga ko‘ra, 14 382 dona (236 kg) quyma sotilgan edi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 2,5 baravarga ko‘p. 2020-yil bilan solishtirilganda esa oltin quyma sotuvi 6 barobarga oshgani qayd etilgan.
2025-yil 19-sentyabr holatiga ko‘ra, regulyator tomonidan quyidagi narxlar belgilangan:
5 grammli quyma — 7,39 mln so‘m;
10 grammli — 14,78 mln so‘m;
20 grammli — 29,57 mln so‘m;
50 grammli — 73,93 mln so‘m;
100 grammli — 147,86 mln so‘m.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar