Google monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun 6 mlrd dollar jarima to‘lashi mumkin


Google korporasiyasi Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunlarini buzganda ayblanmoqda.
The Wall Street Journal gazetasida keltirilishicha, sud korporatsiyani 6 mlrd dollar miqdorda jarimaga tortishi mumkin.
15 aprel kuni iqtisodiy raqobat bo‘yicha Yevropa komissari Margret Vestager va monopoliyaga qarshi Yevropa komissiyasi prezidenti Jan-Klod Yunker ayblov masalasini muhokama qiladi.
Google’ga qo‘yilgan ayblovlarga binoan, kompaniya sayohatlar, xaridlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha qidiruvda o‘ziga tegishli xizmat va tashkilotlarni birinchi o‘rinda chiqaradi, raqobatchilarning xizmatlarini esa foydalanuvchilarga keyingi o‘rinlarda ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiyaning korporatsiya monopoliyasi yuzasidan surishtiruv ishlari besh yil oldin boshlangan bo‘lib, uch marta to‘xtatilgan edi.
Manba: www.kun.uz

























Izohlar 0
…