Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa mamlakatlarining Ukrainaga uzluksiz yordam ko‘rsatishi mumkinligiga ishonchsizlik bildiradi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbari vaziyatga iqtisodiy jihatdan baho berdi.
“Agar masalaga moliyaviy nuqtayi nazardan qarasak, Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy maydonda raqobatlasha olmasligi aniq ko‘rinadi. Biroq Yevropa unga turli ko‘maklar berib turibdi. Menimcha, bu yordamlar abadiy davom eta olmaydi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari iqtisodiy jihatdan Ukrainaga uzoq muddat cheksiz ravishda yordam bera olmasligi ehtimoldan yiroq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar