Buyuk Britaniya va Shvetsiyada sun’iy intellekt sohasiga sarmoyalar ortmoqda. Bu valyuta bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi oylar ichida funt sterling va shved kronasi boshqa Yevropa valyutalariga nisbatan mustahkamlandi.
Stanford universiteti ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili shu ikki davlat sun’iy intellekt sohasida eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatlar bo‘ldi. Microsoft va Meta Shvetsiyada ma’lumot markazlari qurmoqda.
Buyuk Britaniya AQSh bilan texnologik hamkorlik bitimini imzoladi. Microsoft mamlakatga 31 milliard funt (taxminan 39 milliard dollar) sarmoya kiritishini bildirdi. Bu funt qiymatini oshirdi.
Iqtisodchilar sun’iy intellekt iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishi mumkin, ammo u mehnat bozori uchun yangi muammolar keltirib chiqarishini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!