10:11 / 06.01.2017
9 515

2017 yilda million tonnadan ko‘proq meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilinishi prognoz qilinmoqda

2017 yilda million tonnadan ko‘proq meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilinishi prognoz qilinmoqda

O‘zbekiston hukumati tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish doirasida barra va qayta ishlangan meva-sabzavotchilik mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini va ularning turini oshirish, ularni sotish uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston korxonalari tomonidan 818,5 ming tonna meva-sabzavotchilik mahsulotlari (2015 yilga nisbatan 38,3 foizga ko‘proq), jumladan, sabzavotlar – 242,1 ming t (+29,6 foiz), mevalar – 229,6 ming t (+28 foiz), poliz ekinlari – 6,8 ming t (+0,8 foiz), uzum – 96,2 ming t (+11,7 foiz), dukkakli mahsulotlar – 120,2 ming t (+14,7 foiz) va quritilgan mahsulotlar 124,5 ming t (+15,2 foiz) miqdorida eksport qilingan.

65 turdagi meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilingan. Bunda eksportning asosiy hajmi gilos (14,4 foiz), mayiz (12,8 foiz), o‘rik (7,63 foiz), uzum (7,57 foiz), mosh (6,91 foiz), pomidor (6,86 foiz), no‘xat (6,51 foiz), ko‘katlar (5,65 foiz), shaftoli (nektarin) (4,11 foiz) va xurmo (3,96 foiz) mevalariga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotlari dunyoning 43 ta davlatiga eksport qilinadi. O‘tgan yili bu davlatlar qatori yana 9 ta davlat bilan to‘ldirildi: birinchi marta Italiya va Ispaniyaga konservalangan kapers (kovul), Livanga grek yong‘oqlari, Vetnamga mayiz, Belgiyaga quritilgan sabzavotlar, Shveysariyaga uzum va qovun, Gollandiyaga turshak, Isroilga mayiz, Chexiyaga quritilgan mevalar va mayiz jo‘natildi.

Umumiy hajmga ko‘ra, O‘zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qiluvchi davlatlar o‘rtasida 48-o‘rinni egallamoqda.

Shu bilan bir qatorda, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida Hindiston, Germaniya, Polsha, Latviya, BAA va Belarusda savdo uylari ochish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. 2017 yil oxirigacha bu savdo uylari ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshlaydi.

2017 yilda 1,27 mln tonna meva-sabzavotchilik mahsulotlari eskport qilish prognoz qilinmoqda. Bugungi kunda "O‘zagroeksport" AJ bu rejalarni amalga oshirish uchun qat’iy shartnomalarga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2017 yilda million tonnadan ko‘proq meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilinishi prognoz qilinmoqda