date 12:09 / 07.01.2017
views 6 860

Xitoy valyuta zaxiralari dekabr oyida 3,01 trln dollargacha kamaydi

Xitoy valyuta zaxiralari dekabr oyida 3,01 trln dollargacha kamaydi

2016 yil dekabrida Xitoy valyuta zaxirasi 2011 yil fevra oyidan beri eng quyi ko‘rsatkichga tushib ketdi va 3,01 trln dollarni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.

Xabar qilinishicha, dekabr oyida XXR valyuta zaxiralarining umumiy hajmi noyabr oyiga nisbatan 41 mlrd dollarga qisqargan. Bunda, agentlik murojaat qilgan ekspertlar Xitoy valyuta zaxirasining 51 mlrd dollarga kamayishini taxmin qilishgan edi.

Xitoy valyuta zaxirasi 2016 yil noyabr oyida 69,05 mlrd dollarga qisqargan edi. 2015 yilda bu raqam rekord qiymatni – 513 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot