date

O‘zbekistonning zaxiralari ilk bor $59 milliarddan oshdi

O‘zbekistonning zaxiralari ilk bor $59 milliarddan oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $59 milliarddan oshib, rekord ko‘rsatkichga erishdi. Bu haqda regulyatorning hisobotida qayd etilgan.

Ushbu ko‘rsatkich birgina oy ichida $4 milliarddan ko‘proqqa oshdi. Agar joriy yilning oktyabr oyida zaxiralar $54,9 milliardni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu miqdor $59,3 milliardga yetdi.

Mamlakatning moliyaviy barqarorligi asosan oltin zaxiralariga asoslangan. Zaxiralardagi qimmatbaho metallning fizik hajmi 11,9 million troya unsiyasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, dunyo bozorida oltin narxining oshishi tufayli uning umumiy qiymati $47,8 milliardga yetdi.

Valyuta zaxiralari esa yuqori likvidli aktivlar va xorijiy valyutadan iborat bo‘lib, $9,8 milliardni tashkil qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning zaxiralari ilk bor $59 milliarddan oshdi