
O‘zbekistonda sanoat sohasi 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida sezilarli sur’atlarda o‘sishni qayd etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 oyda mamlakatda 865,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foiz yuqori ko‘rsatkich sanaladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi respublika bo‘yicha 22,9 million so‘mni tashkil etdi. 1 noyabr holatiga kelib, mamlakat bo‘ylab 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishi quyidagicha shakllandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,5 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 83,7 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 39,4 trln so‘m;
- Jizzax viloyati — 29 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 37,2 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 155,1 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 30,9 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 45,8 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 14,4 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 20,6 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 132,4 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 44,9 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 27,1 trln so‘m;
- Toshkent shahri — 167,6 trln so‘m.
Ma’lumotlar sanoat tarmoqlari barqaror o‘sishda ekanini ko‘rsatmoqda. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatning deyarli barcha hududlarida ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.