Audiera’ning BEAT tokeni bir oyda 1500 foizga oʻsib, Bitcoin va Ethereum’ni ortda qoldirdi

Audiera sunʼiy intellekt musiqa platformasining mahalliy tokeni boʻlmish BEAT soʻnggi bir oy ichida mislsiz oʻsishni namoyish etdi. Bitcoin (BTC) va Ethereum (ETH) narxlari mos ravishda 25% va 30% ga pasaygan bir paytda, BEAT narxi 1500 foizdan koʻproqqa oshib, 9,20 dollarlik rekord darajaga yetdi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Ushbu keskin oʻsish BEAT’ni kripto bozoridagi sunʼiy intellekt bilan bogʻliq eng jozibador aktivlardan biriga aylantirdi. Narxlarning koʻtarilishiga platforma daromadlari haqidagi hisobotlar, tokenlarni yoʻq qilish (burn) mexanizmi va short-pozitsiyalarning likvidatsiya qilinishi asosiy turtki boʻldi. Audiera loyihasi 1-iyundan 8-iyungacha boʻlgan bir hafta ichida 772,045 BEAT miqdorida daromad koʻrganini maʼlum qildi.
Audiera’ning iqtisodiy modeli Hyperliquid loyihasining HYPE tokeniga oʻxshab ketadi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, jami 12,35 million BEAT muomaladan chiqarilgan. Tokenlarni yoʻq qilish jarayoni taklifni kamaytirib, deflyatsion bosimni yuzaga keltiradi va talab yuqori boʻlgan sharoitda aktivning qadrini oshiradi. Biroq, ekspertlar Audiera modeli hali yangi ekanligi va daromad pasaysa, narx keskin tushib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Shuningdek, derivativlar bozoridagi holat ham narx oʻsishiga yordam berdi. May oyidan beri BEAT boʻyicha 28,72 million dollarlik short-pozitsiyalar yopilib ketgan (likvidatsiya). Bu esa narx tushishiga pul tikkan treyderlar oʻsishga ishonganlarga qaraganda ikki baravar koʻp zarar koʻrganini anglatadi. Hozirda BEAT oʻzining 1 milliardlik cheklangan taklifi bilan investorlar eʼtiborini tortishda davom etmoqda.
























Izohlar 0
…