13:13 / 07.02.2017
7 366

O‘zbekiston yanvarda 31 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston yanvarda 31 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston 2017 yil yanvar oyida 31 ming tonna yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2016 yilning hisobot davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 89 foiz ko‘p, deb xabar bermoqda «Sof.uz» nashri.

Meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlarni eksport qilish natijasida yanvar oyining o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelgan valyuta tushumi 2016 yilga nisbatan ikki barobar o‘sib, 42,5 million dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich qariyb 20,8 million dollarga teng bo‘lgan edi.

2017 yil yanvarida eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismini uzum, anor, limon, xurmo, olma, ko‘katlar, karam, sabzi, bodring, pomidor, lavlagi, turp, sholg‘om, eryong‘oq, mosh va boshqalar tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston yanvarda 31 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi