08:46 / 16.02.2017
6 821

Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi

Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi

Gartner tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning to‘rtinchi choragida Apple Samsung’ni smartfonlar savdosi bo‘yicha ortda qoldirdi, deb yozadi «Daryo». Bu so‘nggi ikki yil ichida birinchi marta Janubiy Koreya kompaniyasi savdosi tushib ketishi fonida kuzatildi.

Shu bilan birga, ikki etakchi kompaniya o‘rtasidagi farq hali hech qachon bunchalik kichik bo‘lmagan edi. Apple o‘tgan chorakda 77 milliondan oshiq smartfon sotdi, uning ushbu bozordagi ulushi 17,9 foizni tashkil etdi. Samsung esa 77 milliontadan sal kamroq smartfon sotib, bozorda 17,8 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oradagi farq atigi 256 mingta smartfonni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2015 yilning to‘rtinchi choragida Samsung Apple’dan 12 millionta smartfonga o‘zib ketgan edi.

«Samsung kompaniyasining smartfonlar savdosi ketma-ket ikki chorakdan buyon tushib bormoqda, — deya Gartner kompaniyasining tadqiqotlar bo‘yicha direktori Anshul Gupta natijalarni izohladi. — 2016 yilning to‘rtinchi choragida Samsung smartfonlari savdosi 8 foizga tushib ketdi, uning bozordagi ulushi esa o‘tgan yil ichida 2,9 foizga kamaydi».

Samsung savdosiga Galaxy Note 7 flagman modelining to‘satdan yonib ketish bilan bog‘liq holatlardan so‘ng savdodan olinishi katta zarba bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi