
The Heritage Foundation (AQSh) iqtisodiy erkinlik xalqaro reytingi ma’lumotlarini yangiladi. Uning natijalari bo‘yicha Qozog‘iston 42-o‘rinni egallab, Rossiya va Turkiyani ortda qoldirdi.
Qozog‘iston 100 balldan (mamlakat iqtisodiy erkinligining maksimal reytingi) 69 ball to‘pladi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni 5,4 punktga yaxshilashga erishdi. Hozirda mamlakat reytingda Yamayka va Peru bilan 42-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Bir yil avval Qozog‘iston reytingda 69-o‘rinda qayd etilgandi. Yangilangan ro‘yxatda mamlakat Polsha, Ruminiya, Belgiya va Belarus kabi davlatlardan o‘zib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar