Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi


O‘zbekistonda Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi. Prezidentning bu haqdagi qarori 10 fevralda imzolandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga asoslanib Gazeta.uz xabar berdi. Banklar assosiasiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda qator yirik banklar va sug‘urta kompaniyalari aksionerlar qatoridan joy olgan.
Kafillik ta’minotining yetishmasligi — kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bank kreditlarini olishdagi asosiy to‘siq va kredit berishni rad etishning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi.
Mazkur muammoni hal etish bilan shug‘ullanuvchi jamg‘arma kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilayotgan kreditlar summasining kafolat bilan qoplanmagan, biroq 100 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan 50 foizgacha miqdori kafilligini o‘z zimmasiga oladi.

























Izohlar 0
…